

Bu haqda "qizil-oqlar" bosh murabbiyi Gilermo Abaskal matbuot anjumanida ma'lum qildi.
- Superkubok bahsiga kimlar tayyor emas?
- Martins, Mozes va O'runov.
- Ular qachon tayyor bo'lishadi?
- Bu savolga javob bera olmayman. Ayni damda bor e'tiborimni qo'l ostimdagi futbolchilarga qaratganman. Qachonki ular qolganlar bilan bir xil darajada bo'lsa, keyin ular haqida gaplashamiz", - dedi Abaskal.
Ispaniyalik mutaxassis iyun oyida Moskva klubiga bosh murabbiy etib tayinlangandi.
Eslatib o'tamiz, Rossiya chempioni "Zenit" va Rossiya kubogi sohibi "Spartak" o'rtasidagi uchrashuv 9 iyul kuni Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadi.



