

Mehmonlar safida yarim himoyachi Oston O'runov 73-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi. Hujumchi Igor Sergeev esa zaxirada qoldirildi.
Mehmonlar Mohammad Mohebining 46-daqiqada urgan goli evaziga g'alabani o'ziniki qildi.
“Persepolis” Eron chempionatida 11 o'yindan so'ng 23 ochko bilan jadvalda yetakchilik qilmoqda. “Sepahon” ham aynan shuncha ochko jamg'argan.





