YCHL. Messi oltinchi marta xet-trik qayd etib mutloq rekordchiga aylandi

Narzulla Saydullayev
14 sen 2016, 07:37
Barselona hujumchisi Lionel Messi Yevropa chempionlar ligasi 1-turida Seltik bilan o'yinda (7:0) xet-trik qayd etdi.

Argentinalik futbolchi 3, 27 va 60-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi. Seltik bilan o'yindagi xet-trik Messi uchun YCHLdagi oltinchisi bo'ldi. U bu borada Real hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib yakka peshqadamga aylanib oldi.

Oldinroq Messi Arsenal (4:1) (2010 yil), Viktorii Plzen (4:0) (2011 yil), Bayer (7:1) (2012 yil), Ayaks (4:0) (2013 yil) va APOEL (4:0) (2014 yil) bilan o'yinlarda xet-trik rasmiylashtirgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe