YCHL. "E" guruhi prevyusi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2016, 11:26
Bugun Yevropa chempionlar ligasining 3-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi. "E" guruhi prevyusi bilan tanishing.

Rossiya chempioni SSKA klubi Moskvada Fransiyaning "Monako" klubi bilan bellashadi.

SSKA posboni Igor Akinfeevning o'sha mashhur seriyasi 10 yil to'lishi mumkin. 10 yildan buyon rossiyalik posbon YCHL guruh bosqichida o'z darvozasi dahlsizligini saqlay olmayapti. Oktyabr oyi boshida Fransiya chempionatini 7:0 hisobidagi g'alaba bilan boshlagan "Monako" bilan o'yinda bu antirekord davom etishi mumkin.

Guruh bosqichidagi dastlabki ikkita o'yinda ikkita durang qayd etgan "Bayer" bugun o'z uyida "Tottenxem"ni qabul qiladi. Leverkuzen klubi bundesliganing so'nggi turida "Verder"ga mag'lub bo'ldi va ayni paytda 10-pog'onada bormoqda. "Shporlar" esa safarda "Vest Bromvich" bilan murosa ko'chasini tanlashdi. Klub 8ta o'yinda umuman mag'lub bo'lmay APL musobaqa jadvalida 3-pog'onada bormoqda.

Bu guruhdagi 3-tur o'yinlarni Karim Bellarabi, Tobi Alderveyreld, Xarri Keyn, Alan Dzagoev, Roman Eremenko, Falkao kabi yulduzlar o'tkazib yuborishadi.



"Bayer" - "Tottenxem"
Taxminiy tarkiblar:

"Bayer": Leno; Xenrixs, Ta, Toprak, Vendell; Arangis, Kampl; Brandt, Folland, Chalxanoglu; Ernandes.
O'ynamaydi: Yurchenko, Bellarabi, Poxyanpalo
So'roq ostida: Bender

"Tottenxem": Loris; Uoker, Dayer, Vertongen, Rouz; Vanyama; Dembele, Eriksen, Alli, Lamela; Son.
O'ynamaydi: Alderveyerld, Keyn



SSKA - "Monako"
Taxminiy tarkiblar:

SSKA: Akinfeev; Fernandes, V. Berezuckiy, Ignashevich, SHHennikov; Vernblum, Natxo, Toshich, Milanov, Golovin; Traore.
O'ynamaydi: Eremenko, Dzagoev, Caunya, Pomazun
So'roq ostida: Akinfeev

"Monako": Subashich; Sidibe, Glik, Jemerson, Benedden; Bakayoko, Fabino; B. Silva, Moutinyu, Lema; Jermen.
O'ynamaydi:
A. Ture, Falkao, Dirar


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia