

"Borussiya Dortmund" Lixtshtaynerni sotib olish uchun "Yuventus"ga rasmiy taklif yuborgan.
Hozircha ushbu transferning boshqa detallari oshkor qilinayotgani yo'q.
"Yuventus" jamoasi o'z safiga Dani Alveshni qo'shib olganidan so'ng Lixtshtayner A Seriyaning dastlabki o'yinida zaxirada qolib ketgandi.
Aynan shu jihat futbolchini turinliklar safini tark etishga undashi mumkin.



