Donnarumma: "Xatoim uchun uzr so'rayman"

Mirjalol Normatov
31 mar 2019, 13:54
"Milan" darvozaboni Janluijji Donnarumma "Sampdoriya"ga qarshi o'yinda yo'l qo'ygan xatosi uchun uzr so'radi.

Posbonning xatosi tufayli Greguar Defrel gol urdi va "Milan" mag'lub bo'ldi.

"Jamoadoshlarim meni qo'llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorman. Xatolar bo'lib turadi, buning uchun uzr so'rayman. Qachonki sen oldinda bo'lsang, havf bo'ladi. Ochko ola olmaganimiz achinarli. Men vaziyatni chuqurlashtirmayman. Darvozabon sifatida xatoimni tan olaman", - dedi darvozabon.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia