Doneckda yangi yulduz

Sherzod Nurmatov
7 sen 2022, 12:46
Kecha UEFA Chempionlar Ligasi "F" guruhi 1-turi doirasida kechgan "Leyptsig" – "Shaxtyor" jamoalari o'rtasidagi bahsda yangi ehtimoliy yulduz porladi.

Insayder Fabricio Romanoga ko'ra, Doneck klubi Mixail Mudrikni xarid qilish uchun 30-35 mln evrolik takliflarning rad etishiga sabab uning YCHLda qilgan ishlariga qodirligi ekan. 

2001 yilda tug'ilgan futbolchi eng yaxshi yosh istedod sifatida etirof etilish uchun hamma narsaga ega – sifat, surat, gol va golli uzatmalar. Shu tufayli "konchilar" Mudrik uchun 50 mln evro xohlagan edi.

Eslatib o'tamiz, Mudrik "Leyptsig"ga qarshi o'yinda 1 ta gol urib, 2 ta golga asistent qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano