Dinamo Evgeniy Chumak bilan shartnoma imzoladi

Alisher
14 yanv 2022, 17:21
2022 yilgi Superliga yangi mavsumi oldidan Dinamo jamoasi tarkibini kuchaytirish ishlarini olib bormoqda.

Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, Dinamo jamoasi safiga Evgeniy Chumak kelib qo'shildi. Ukrainalik 26 yoshli yarimhimoyachi bilan 1 yillik shartnoma imzolandi.

Evcheniy Chumak Kievning Dinamo klubi tarbiyalanuvchisi sanalib, Dinamo Kiev asosiy tarkibida 2ta o'yin o'tkazgan. Shuningdek, faoliyati davomida Goverla (Ukraina, 2015), Torpedo-BelAZ (Belarus, 2016), Karpati (Ukraina, 2016), Dnepr (Mogilyov, 2017), Desna (Ukraina, 2018), Bunyodkor (O'zbekiston, 2019), Metallurg (O'zbekiston, 2020), Turon (Qozog'iston, 2021) klublari sharafini himoya qilgan. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcdinamo.uz