

Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, Dinamo jamoasi safiga Evgeniy Chumak kelib qo'shildi. Ukrainalik 26 yoshli yarimhimoyachi bilan 1 yillik shartnoma imzolandi.
Evcheniy Chumak Kievning Dinamo klubi tarbiyalanuvchisi sanalib, Dinamo Kiev asosiy tarkibida 2ta o'yin o'tkazgan. Shuningdek, faoliyati davomida Goverla (Ukraina, 2015), Torpedo-BelAZ (Belarus, 2016), Karpati (Ukraina, 2016), Dnepr (Mogilyov, 2017), Desna (Ukraina, 2018), Bunyodkor (O'zbekiston, 2019), Metallurg (O'zbekiston, 2020), Turon (Qozog'iston, 2021) klublari sharafini himoya qilgan.



