

Ma'lum bo'lishicha, ukrainaliklar marokashlik futbolchi uchun Italiya klubidan 9 mln. evro talab qilmoqda. Italiyaliklar Belandani mavsum oxirigacha ijaraga olib, yangi mavsum boshida uni sotib olmoqchi. "Torino" ijara uchun 1 mln. evro va xarid huquqi uchun 11 mln. evro taklif qilmoqda.
Marokashlikka "Al-Jazira" ham qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchining o'zi BAA klubiga o'tmoqchi emas.



