Diego Kosta: “Kelajakda Fransiyada o'ynashim mumkinmi? Nima uchun yo'q?”

Aslanov Jasurbek
26 mar 2017, 22:58
“Chelsi” hujumchisi Diego Kostaning aytishicha, qachonlardir francuz klublarida to'p tepishi mumkin.

“Marsel”da yaxshi loyihaga qo'l urilgan. PSJni Yevropada hurmat qilishadi. “Monako”da iqtidorli futbolchilarga boy ajoyib jamoa bor. Liga1 rivojlanish bosqichida. Men “Chelsi”da baxtliman. Ammo futbolda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Agar klubimni o'zgartirish niyatim bo'lsa, Fransiyada umuman to'p temagagaman va shu sabab bu o'lkada nima uchun o'zimni sinab ko'rmasligim kerak?!”

Ilgariroq, qishda Xitoy klublari Kosta uchun 107 million evro taklif qilganliklari haqidagi xabarlar e'lon qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: getfootballnewsfrance.com