Desham: "Daniya etarlicha baho berilmagan terma jamoa"

Administrator
25 noya 2022, 22:50
Fransiya ustozi bo'lajak raqib haqida gapirdi.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Daniya termasi bilan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Murabbiy Daniya o'tgan safar Fransiyaga qiyinchilik tug'dirganini ham esladi.

"Ha, Daniya etarlicha baho berilmagan terma jamoa. Men ularning haqiqiy kuchi yuqori ekanini bir necha marta takidlaganman. Ular bizga ko'p qiyinchilik tug'dirishgandi. Buni o'zgartirishga harakat qilamiz, ammo bu o'yinni revansh demagan bo'lardim.

Daniya o'z o'yin tizimini o'zgartira oladi va bizga turli xil qiyinchiliklar tug'dirishga harakat qiladi", -deydi Dide Desham.

Ma'lumot uchun, Fransiya va Daniya o'rtasidagi o'yin ertaga o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: L’Equipe