Depayga APLning uch klubi qiziqmoqda

Mirjalol Normatov
19 noya 2022, 20:51
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Kataloniya klubi ayni damda oylik uchun ketadigan pullarni kamaytirish niyatida bo'lib turibdi. Shu sababli zaxirada qolib ketayotgan Memfisning jamoada qolishidan hech kim manfaatdor bo'lmayapti.

Hozirda niderlandiyalikning atrofida Angliyadan yaxshi variantlar bor. "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Chelsi" futbolchiga qiziqish bildirmoqda, biroq ular hali taklif bilan chiqmagan. Barchasi futbolchining JCH-2022da o'zini ko'rsatishiga bog'liq bo'lib turibdi.

Ushbu mavsumda 28 yoshli futbolchi LaLigada 2 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport