De Yong: "De Ligt uni "Barselona"da ko'rishni istayotganimni biladi"

8 iyun 2019, 21:00
"Ayaks" yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoadoshi Matteys de Ligt haqida fikr bildirdi.

"Umid qilamanki, de Litg meni orqamdan "Barselona"ga keladi. Albatta, u bilan kelajak haqida gaplashib oldik. Lekin, qarorni u va uning atrofidagi insonlar qabul qiladi. Shunday bo'lsa-da, De Ligt uni "Barselona"da ko'rishni istayotganimni biladi", - deydi Frenki de Yong.

Ushbu yozda Frenki de Yong 75 million evro evaziga Kataloniya klubiga qo'shiladi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport