De Rossi "Yuventus" bilan muzokara o'tkazishni istamadi

Aslanov Jasurbek
29 okt 2016, 15:07
"Roma" yarim himoyachisi Daniele De Rossi "Yuventus" bilan Turin klubiga o'tish uchun muzokara o'tkazishni istamadi.

33 yoshli futbolchining rimliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi va tomonlar kelishuvni uzaytirish uchun muzokaralar o'tkazishmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Yuventus" vakillari De Rossi bilan uni Turin klubiga o'tishi borasida bog'lanishgan, ammo futbolchi rad javobini berdi. U "Roma" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi yoki MLSga o'tishni reja qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia