De Rossi faoliyatini yakunlashi va Italiya terma jamoasi murabbiylar shtabi tarkibiga kirishi mumkin

Alisher
6 iyul 2019, 14:53
"Roma" sobiq yarim himoyachisi Daniele De Rossi faoliyatini yakunlamoqchi.

35 yoshli futbolchi Italiya terma jamoasi murabbiylar shtabidan o'rin olishi mumkin.

Daniele De Rossi "Roma" safida hozirgacha 614ta uchrashuvda ishtirok etishga ulgurgan.

U 18 yillik hamkorlikdan so'ng klubni tark etishga qaror qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi "Roma" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2004-2017 yillar oralig'ida Italiya terma jamoasida o'ynagan.

2006 yil. "Roma" va De Rossi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Il Tempo