

"Mourinyu meni sotmoqchi? Bu haqda o'qidim. Ammo bunga ishonmayman. Mashg'ulotlarda ishlashda davom etaman va o'z o'yinimni kuchaytirmoqchiman. Mourinyu asosiy tarkibni tanlayotganda bosh og'riqqa duch kelishini istayman. Qishki transfer oynasi haqida o'ylayotganim yo'q. Bu haqida gapirishga hali erta", - deydi Darmian.
Eslatib o'tamiz, Matteo Darmian ushbu mavsumda Angliya premer ligasida ikkita o'yin o'tkazdi.



