Chempionlar ligasi. 1/8 finalga qur'a tashlandi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2018, 16:05
Shveytsariyaning Non shahrida joylashgan UEFA qarorgohida Chempionlar ligasi 1/8 final juftliklarini aniqlash uchun qur'a marosimi bo'lib o'tdi.

Nimchorak finalga yo'l olgan jamoalar

Ma'lumot uchun, birinchi savatchadagi jamoalar faqat ikkinchi savatchadagilar bilan o'ynashi mumkin. Guruh bosqichida bitta kvartetda o'ynaganlar 1/8 finalda bir-biriga raqib bo'la olmaydi. Shu bilan birga, bu bosqichda bir mamlakat jamoalari o'zaro to'qnash kelmaydi.



"Shalke-04" - "Manchester Siti"


"Atletiko" - "Yuventus"


"Manchester Yunayted" - PSJ


"Tottenxem" - "Borussiya" D


"Lion" - "Barselona"


"Roma" - "Portu"


"Ayaks" - "Real"


"Liverpul" - "Bavariya"





16:13. Boshladik!


16:12. Jamoalarning raqibi qaysi klublar bo'lishi mumkin? Bu savolga oldinroq saytimizda ma'lumot bergan edik: Chempionlar ligasi. Jamoalarning 1/8 finaldagi taxminiy raqiblari


16:09. Joriy mavsum Chempionlar ligasi finali "Atletiko"ning uy arenasi "Vanda Metropolitano"da bo'lib o'tadi.


16:08. "Liverpul" sobiq futbolchisi Luis Garsiya qur'a mehmoni sifatida taklif qilindi.


16:05. UEFA kotibi Jorjio Marketti qur'a marosimi haqida ma'lumot berib o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia