

27 yoshli Rabo yozda Angliyaning boshqa bir jamoasi "Manchester Yunayted" a'zosiga aylanishi mumkin edi. Biroq maosh bo'yicha talablar transferning amalga oshmay qolishiga olib kelgan edi.
Fransiyalik futbolchining amaldagi jamoasi bilan shartnomasi 2023 yilda nihoyasiga etadi. Turin klubi futbolchini berib yuborishga qarshi emas. Shuningdek, futbolchiga "Nyukasl" ham ko'z tikkani xabar qilinmoqda.
Adrien Rabo ushbu mavsum jami 10 ta o'yinda maydonda ko'rinish berdi va 4 ta golga mualliflik qildi. U 17 mln evroga baholanmoqda.



