"Chelsi" futbolchisi Salax Misr armiyasiga chaqirilishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
19 iyul 2014, 17:07
"Chelsi" yarim himoyachisi Muhammad Salax Misr armiyasidagi harbiy hizmat munosabati bilan futbolchilik faoliyatida tanaffus qilishi mumkin.
22-yoshli futbolchi o'z yurtidagi o'quv yurtlaridan biriga o'qishga kirgandi. Shu sababli u harbiy xizmat vaqtini kechiktirishga ruxsatnoma olgan edi.

Ayni paytda esa u o'qishidan haydalgan va endilikda armiyaga borishi mumkin.

Misrda harbiy xizmat muddati uch yilni tashkil qiladi. Bu orada u mamlakatni tark eta olmaydi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru