"Chelsi" 18 yoshli kamerunlik futbolchini xarid qilmoqchi

8 mar 2020, 03:25
"Boxum" klubi himoyachisi Armel Bella-Kochap APL vakili radarlariga tushib qoldi.

"The Sun" nashri xabariga ko'ra, Londonning "Chelsi" klubi yozda 18 yoshli kamerunlik futbolchini transferini amalga oshirmoqchi. Iqtidorli himoyachining ehtimoliy transfer narxi 7 mln evroni tashkil qiladi. Unga, shuningdek, "Manchester Siti", "Barselona" va "Real" ham da'vogarlik qiladi.

Ma'lumot uchun, Bella-Kochap Germaniya Bundesligasi ikkinchi divizionining joriy mavsumida 8ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun