“Cementchi” yangi futbolchilarni tanishtirdi

Narzulla Saydullayev
19 mar 2016, 11:31
Birinchi liga ishtirokchisi Quvasoyning “Cementchi” jamoasi mavsum boshlanishi oldidan taqdimot marosimini o'tkazdi.

Unda murabbilar – Abdumalik Hakimov, Ilhom Zaylobiddinov va futbolchilar ishtirok etdi. Aytish kerakki, quvasoyliklar o'tgan mavsum “Joma” sport kiyimlaridan foydalangandi. Joriy yil esa dunyoga mashxur “Adidas” firmasining mahsulotlaridan harid qilindi.

Mavsumlar oralig'ida “Cementchi” tarkibida e'tiborga molik o'zgarishlar yuz berdi. Tarkibni kuchaytirish maqsadida Eldor Isaboev, Ilhom Jumanov, Oqilbek Mahmudov, Aziz Matkarimov, Azamat Abdullaev, Shukur Jumaboev, Abdurazzoq Jo'raev va Nurlibek Talasboev kabi futbolchilar taklif etildi. Yaqinda ularni jamoa keng ommaga tanishtirdi va yangi raqamlar topshirildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia