CAFA Nations Cup 2023. Tojikiston terma jamoasi qaydnomasi ma'lum

Sherzod Nurmatov
27 may 2023
Xorvatiyalik mutaxassis Petar Segrt boshchiligidagi Tojikiston terma jamoasi murabbiylar shtabi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi shafeligida 10-20 iyun kunlari bo'lib o'tadigan "CAFA Nations Cup 2023" musobaqasi uchun terma jamoa tarkibini e'lon qildi.

Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining Millatlar Kubogiga tayyorgarlik ko'rish va ishtirok etish uchun Tojikiston terma jamoasi tarkibiga 26 nafar futbolchi – 3 nafar darvozabon, 10 nafar himoyachi, 9 nafar yarim himoyachi va 4 nafar hujumchi kiritilgan.

Tojikiston terma jamoasi 29 may, dushanba kuni Dushanbe shahrida "CAFA Nations Cup 2023" turniriga tayyorgarlikni boshlaydi. 31 may, chorshanba kuni terma jamoamiz Toshkentga yo'l oladi va musobaqa oldidan yig'in o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining Millatlar kubogida Tojikiston terma jamoasi "A" guruhida ishtirok etadi. Jamoaning raqiblari Turkmaniston (11 iyun), Ummon (14 iyun) va O'zbekiston (17 iyun) terma jamoalari bo'ladi.

Tojikiston terma jamoasining "CAFA Nations Cup 2023" musobaqasi uchun tarkibi:

Darvozabonlar: Rustam Yatimov, Muhriddin Hasanov (ikkisi – "Istiqlol"), Shohruh Qirg'izboev ("Xo'jand");

Himoyachilar: Vaxdat Xanonov ("Persepolis", Eron), Axtam Nazarov ("Andijon", O'zbekiston), Zoir Jo'raboev ("Neftchi", O'zbekistan), Manuchehr Safarov ("Lokomotiv", O'zbekiston), Mexrubon Karimov ("Samgurali", Gruziya), Siyovush Asrorov, Tabrez Islomov, Daler Imomnazarov, Sodiqjon Qurbonov (barchasi – "Istiqlol"), Xolmurod Nazarov ("Ravshan");

Yarim himoyachilar: Parvizjon Umarboev ("SSKA-1948", Bolgariya), Amirbek Jo'raboev ("Kedax", Malayziya), Muhammajon Rahimov ("Nasaf", O'zbekiston), Komron Tursunov (TRAU, Hindiston), Xusrav Toirov ("Shaxtyor", Ukraina), Murodali Aknazarov ("Antalyaspor", Turkiya), Alisher Jalilov, Ehsoni Panshanbe, Alijoni Ayni (barchasi – "Istiqlol");

Hujumchilar: Manuchehr Jalilov, Shervoni Mabatshoev (ikkisi – "Istiqlol"), Nuriddin Hamrokulov ("Regar-TadAZ"), Muhammadali Azizboev ("Xosilot").


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia