CA o'quvchilari Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi

Aslanov Jasurbek
14 apr 2017, 09:46
Kecha Telegramdagi rasmiy kanalimiz orqali UEFA Chempionlar ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so'rovnoma uyushtirgan edik.

So'rovnomad hozirgacha 1258 kishi ishtirok etdi. 

Da'vogarlar orasida quyidagi futbolchilar mavjud edi: Paulo Dibala ("Yuventus"), Kilian Mbappe ("Monako"), Krishtianu Ronaldu ("Real") va Antuan Grizmann ("Atletiko").

"Yuventus" - "Barselona" uchrashuvida Paulo Dibala dublga erishdi. Kilian Mbappe ham "Borussiya"ga qarshi o'yinda 2 ta gol urdi. Krishtianu Ronaldu "Bavariya" darvozasiga 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Antuan Grizmann esa "Lester Siti" bilan o'yinda penaltini golga aylantirdi.

O'quvchilarimizning katta qismi haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu munosib deb hisoblashdi.

Natijalar:

Krishtianu Ronaldu - 736 ta ovoz 

Paulo Dibala - 373 

Kilian Mbappe - 124 

Antuan Grizmann - 25


Championat.asia saytining Telegramdagi rasmiy kanali: Championat.asia


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia