“Bunyodkor” bugun “Amkar” bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2016, 12:31
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bugun BAA yig'ini doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

“Qaldirg'ochlar”ning bugungi sparring raqibi Rossiya premer ligasi vakili, Permning “Amkar” klubi bo'ldi.

“Bunyodkor” – “Amkar” uchrashuvi Sharjadagi “Al-Hamriya” sport klubi stadionida mahalliy vaqt bilan 17:00da (Toshkentda 18:00 bo'ladi) boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” BAA yig'ini doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvida Rossiya premer ligasining boshqa bir vakili “Anji” kubi ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com