Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Namanganda Berlin akademiyasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
23 may 2019, 08:48
Bugun 23 may kuni O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zolari Namanganda Berlin akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.

21 may kuni Andijonda kechgan birinchi o'rtoqlik o'yini 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga etgandi.

Kecha har ikkala jamoa Namanganga yetib bordi. Jamoalarni Namangan futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari katta tantana bilan kutib olishdi.

Bugungi o'yin soat 18:40da Namangandagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz