Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912"

Mirjalol Normatov
11 may 2022, 12:44
Bugun Superliganing 8-turidan o'rin olgan uchta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Toshkentda "Lokomotiv" Qo'qon shahrining "Qo'qon-1912" jamoasini qabul qiladi. "Lokomotiv" stadionida kechadigan bahs soat 19:00da boshlanadi. 

Musobaqa jadvalida "Lokomotiv" 9 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 7-9. "Qo'qon-1912" esa 6 ochko jamg'argan holda 12-o'rinda kelmoqda. Qo'qonliklarda to'plar nisbati 2-8. 

Oxirgi ikkita uchrashuvni g'alaba bilan yakunlagan "Lokomotiv" navbatdagi bellashuvga ham jiddiy hozirlik ko'rdi. "Temiryo'lchilar" o'tgan tur safarda "Neftchi"ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytishdi. Undan oldingi turda "Loko" o'z maydonida "Surxon"dan 2:0 hisobida ustun kelgandi. 

"Qo'qon-1912" esa oxirgi uch turni mag'lubiyat bilan yakunladi. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari uyda "Metallurg"ni 1:0 hisobida mag'lub etganidan so'ng qatorasiga AGMK, "Nasaf" va "Surxon" bilan kechgan bahslarda imkoniyatni boy berishdi. Va e'tiborlisi, jamoa shu uchala o'yinda to'p kirita olmadi.

11 may, chorshanba.  

19:00. LOKOMOTIV – QO'QON-1912

Hakamlar: Vadim Agishev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, To'rabek Suyunov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia