Bugun 20:00da Gretsiya U20 - O'zbekiston U20

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2013, 07:57
Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida bugun 1/8 final o'yinlari start oladi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Gretsiya yoshlariga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Osiyoning qolgan ikki jamoasi ertaga o'z o'yinlari o'tkazadi. Janubiy Koreya Kolumbiya bilan, Iroq esa Paragvay bilan kuch sinashadi.

1/8 final juftliklari:


2 iyul 20:00 Ispaniya - Meksika
2 iyul 20:00 Gretsiya - O'ZBEKISTON
2 iyul 23:00 Nigeriya - Urugvay
2 iyul 23:00 Fransiya - Turkiya

3 iyul 20:00 Portugaliya - Gana
3 iyul 20:00 Xorvatiya - Chili
3 iyul 23:00 Kolumbiya - JANUBIY KOREYA
3 iyul 23:00 IROQ - Paragvay

Narzulla SaydullayevMuallif