

O'zbekiston o'smirlar termasi “A” guruhida mezbon Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iordaniya va Shri-Lankaga qarshi bahs olib boradi. Kuni kecha guruhdagi dastlabki tur o'yinlari bo'lib o'tdi. O'zbekiston ilk turda dam oldi. Bugun Nuraliev boshchiligidagi jamoa Bahraynga qarshi maydonga tushadi. Raqib ilk turda Shri-Lanka darvozasiga oltita javobsiz to'p kiritgandi.
Bahrayn bilan o'yin Toshkent vaqti bilan soat 19:15da boshlanadi.
U-16 OCH–2018 saralashi
“A” guruhi o'yinlari
16 sentyabr, shanba
19:15 Shri-Lanka – Bahrayn 0:6
22:15 Iordaniya – Saudiya Arabistoni 2:1
18 sentyabr, dushanba
18:00 Bahrayn – O'ZBEKISTON
22:15 Shri-Lanka – Iordaniya
20 sentyabr, chorshanba
18:00 O'ZBEKISTON – Shri-Lanka
22:15 Saudiya Arabistoni – Bahrayn
22 sentyabr, juma
18:00 Iordaniya – O'ZBEKISTON
22:15 Saudiya Arabistoni – Shri-Lanka
24 sentyabr, yakshanba
18:00 Bahrayn – Iordaniya
22:15 O'ZBEKISTON – Saudiya Arabistoni




