

Bu haqda "Sky Sports" telekanali xabar berdi.
Manbaga ko'ra, o'yindan keyin Audero intervyu bergan, ikki nafar jurnalist hamda "Sassuolo" futbolchisi Jey Idzes bilan suhbatlashib qolgan. Shu paytda jamoa transporti stadiondan kyetib qolgan.
Hodisadan so'ng klub darvozabon uchun alohida mashina buyurtma qilgan. Audero ushbu mashina orqali Kremona shahriga yetib borib, jamoaga qo'shilgan.
29 yoshli Audero joriy mavsum "Kremoneze" tarkibida 19 o'yin o'tkazib, 22 ta gol o'tkazib yubordi.



