Buffon va De Shilolar umumiy guruhda shug'ullanishmoqda
Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2014, 20:22
Football Italia nashrining xabar qilishicha, Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon va himoyachi Mattia De Shilolar umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazishmoqda.
Ushbu o'yinchilar jarohatlari sababli JCHdagi dastlabki o'yinni o'tkazib yuborgandilar. Kosta-Rikaga qarshi o'yingacha ushbu futbolchilar tayyor bo'lishlari kutilmoqda.