BREAKING NEWS! Ikrom Aliboev faoliyatini xorijda davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
13 dek 2018, 11:41
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev tez orada "temiryo'lchilar" safini tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Aliboev Janubiy Koreyaning "Seul" klubiga o'tishga juda yaqin turibdi. Koreya klubi yaqin kunlar ichida yarim himoyachimiz bilan shartnoma tuzgani haqida rasmiy xabar berishi kutilmoqda.

Ikrom Aliboev joriy mavsum Superliganing 25ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Seul" joriy mavsum Koreya chempionatida 11-o'rinni egalladi (12ta jamoa ishtirok etadi). Klub yuqori divizionda jon saqlab qolish uchun pley-off bahslarida ishtirok etdi va "Busan IPark" klubini ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:2 hisobida mag'lub etdi.

Janubiy Koreya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/KORFootballNews