BREAKING: APL 17 iyun kuni qaytadi

Eldor Akmurzayev
28 may 2020, 19:35
Premer-liga klublari ishtirokida bugun o'tkazilgan yig'ilishda mavsumga restart berish to'g'risida qaror qabul qilindi, deya xabar bermoqda The Telegraph.

Chempionat restarti 17 iyun sanasida, 28-turning qoldirilgan ikki bahsi bilan boshlanadi: “Manchester Siti" - "Arsenal" va "Aston Villa" - "Sheffild Yunayted".

30-tur esa 20 iyunda boshlanadi va dam olish kunlari yakunladi. Shuningdek, 19 iyun kuni ham yana bitta uchrashuv bo'lib o'tishi mumkin.

APLda koronavirusga testlar uch bosqichda o'tkazildi va infekciya bilan bog'liq 12 holat aniqlandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Telegraph