Braziliyalik himoyachi Ispaniya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2020, 13:14
Ispaniya terma jamoasi Luis Enrikening so'zlariga ko'ra, agar "Valensiya"ning braziliyalik himoyachisi Gabriel Paulista mahalliylashtirilsa, u terma jamoaga chaqirilishi mumkin.

"Terma jamoaga chaqirish mumkin bo'lganlarning barini bilaman. Paulista kerakli jarayonlarni boshlab yuborgan va shundan so'ng u milliy jamoaga chaqiriladi" - deydi Enrike.

Paulista joriy mavsum LaLiganing 17ta uchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca