Braziliyaga qarshi o'yin oldidan Venesuela termasida koronavirus muammosi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2021, 16:10
Bugun tunda Amerika Kubogining ochilish uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Yahoo! Esportes" xabariga ko'ra, kecha Venesuela delegaciyasi koronavirus testini topshirgan va ulardan 12 nafarida virus aniqlangan. Biroq aynan necha nafar futbolchida virus borligi ma'lum emas.

Virus yuqtirib olganlarning barchasi izolyaciyaga olingan.

Braziliya - Venesuela uchrashuvi bugun tunda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Yahoo! Esportes