"Borussiya" Jeko borasidagi taklifiga "Siti"dan javob kutyapti

Tolibjon Qosimov
31 yanv 2014, 15:35
Dortmundning "Borussiya" klubi "Manchester Siti"ga 27 yoshli bosniyalik hujumchi Edin Jeko bo'yicha taklif bilan chiqdi, deya xabar bermoqda sport1.de.
Avvalroq "shaharliklar" Jekoni sotmasliklarini aytishayotgandi. Biroq keyinchalik futbolchining o'zidan bu boradagi fikrini so'rab ko'rishga qaror qilishdi. Aytish joizki, Edin ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi. Shuning uchun ham ketishga qarshi emas.

"Borussiya" hozirgacha Jeko borasidagi taklifiga aniq javob olgani yo'q.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru