"Borussiya" qishda Edegorni ijaraga olishga urinib ko'radi
Aslanov Jasurbek
7 sen 2016, 15:49
Menxengladbaxning "Borussiya" murabbiylar shtabi "Real" yarim himoyachisi Martin Edegorga qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, nemis klubi qishki transfer oynasida 17 yoshli futbolchini ijaraga olishga urinib ko'radi. "Borussiya" norvegiyalikni xarid qila olmaydi, chunki ispan grandi unga ishonch bildirmoqda.