

"Ettita mavsum ortda qoldi. Ushbu mavsumdagi g'alabalarning barchasi jamoadagi ajoyib muhit evaziga qo'lga kiritildi. Oltita skudetto. Albatta, klub Chempionlar Ligasi g'olibiga aylana olmagani afsuslanarli. Lekin, mana shunday katta oilaning a'zosi bo'lgan inson faxr tuyg'usini his qiladi.
Men jamoa uchun doimo bor kuchimni berganman. Klubdoshlarim, do'stlarim va muxlislar bilan ajoyib davrni o'tkazdik. Barchasi uchun rahmat, "Yuve", - deyiladi Bonuchchining bayonotida.
Eslatib o'tamiz, Bonuchchi 40 million evro evaziga "Yuventus"dan "Milan"ga ko'chib o'tdi.




