

Yarim himoyachi Angliya chempionati dunyodagi eng qiyin futbol turniri ekanligini ta'kidladi.
"Premer-liga to'qqiz oy davom etadi, bu futbolchilarni ruhan va jismonan o'ldiradi. Masalan, Salohga qarang. U bu ligada yuqori darajada turish uchun qancha kuch sarflashini tasavvur qila olmaysiz", – dedi Mak Allister.
Eslatib o'tamiz, Arne Slot boshchiligidagi Mersisayd klubi o'tgan mavsum APL titulini qo'lga kiritgandi. Yangi mavsumning birinchi turida "Liverpul" "Bornmut"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv bugun 23:59 da boshlanadi.



