Endilikda 16ta jamoa kurash olib boradigan ligadagi ayrim o'yinlar muxlislarga kutilmagan natijalarini ko'rsatdi. Odatdagidek, saytimiz orqali turning e'tiborga molik jihatlariga to'xtalib, statistik ma'lumotlar bilan sizlarni tanishtirib o'tamiz.
“QO'QON-1912” MUXLISLARINI UYALTIRIB QO'YDI YOXUD “ZARAFSHON-NCZ”NING SHASHTI BALAND!
Kecha rejaga ko'ra, mamlakatimizning turli shahar va tumanlarida birinchi liganing ikkinchi bosqich, 1-turidan o'rin olgan jami 8ta o'yin bo'lib o'tdi. Unda 5ta mezbon jamoa muvaffaqiyat qozongan bo'lsa, yana 3ta o'yinda mehmonlar zafar quchdi.
Istiqlol – Registon 4:1.
Ikkinchi bosqich o'yinlarida ishtirok etishi so'nggi lahzalarda rasman ma'lum bo'lgan, “Istiqlol” shunga qaramay, tarkibini bir nechta futbolchilar bilan kuchaytirib olishga muvaffaq bo'ldi. Uning birinchi turdagi raqibi “Registon” ham o'z imkoniyatidan kelib chiqib, ikkinchi bosqichga tayyogarlik ko'rdi. Mazkur o'yinda to'liq ustunlik mezbonlar tomonida bo'lganligini anglash qiyin emas. Boz ustiga “Istiqlol” birinchi bo'limda raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritib, g'alabani taminlab qo'ygandi.
NBU-Osiyo – Zarafshon-NCZ 0:4.
Birinchi bosqichda o'z mintaqalarida yetakchilarga jiddiy qarshilik ko'rsatgan bu ikki jamoa kecha bir-biriga ro'baro' keldi. Ochig'i, oraliq tanaffusda “Zarafshon-NCZ”da yuz bergan sezilarli o'zgarishlar va “NBU-Osiyo”ning bu o'yinda o'z maydonida to'p surishi qaysidir manoda toshkentliklarning biroz ustunligini taminlagandi. Ammo futbolda tahminlar hamisha o'zini oqlamashini “Zarafshon-NCZ” futbolchilari amalda isbotlab qo'ydi. Shu kuni ko'proq yosh o'yinchilarini tushirgan “bankirlar” qattiq tarsaki edi. Navoiyliklar birinchi bo'limning o'zidayoq hammasini uzil-kesil hal etib bo'lgandi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, “Zarafshon-NCZ” tarkibida katta o'zgarish kuzatildi. Shundan so'ng ko'pchilik bu jamoani oliy liga uchun kurash olib boradigan klublar ro'yxatidan olib tashlashgandi. Lekin mana ko'rib turganingizdek, jamoada kuchlilar safiga chiqish uchun ishtiyoq yuqori. Qolganini vaqt ko'rsatadi.
Paxtakor-2 – Mashal 0:4.
“Paxtakor-2” birinchi turdayoq jiddiy raqibga ro'baro' keldi. Uning qarshisida chempionat peshqadami “Mashal” edi. Boshqacha aytganda, muxlislar ishtiyoq va tajriba qarama-qarshiligiga guvoh bo'lishdi. Shuning uchun tan olish kerak, uchrashuv favoriti mehmonlar edi. “Gazchilar”ning bugungi kunda qanday kuchga ega ekanligini barcha yaxshi biladi. “Paxtakor-2” esa asosan akademiya tarbiyalanuvchilari evaziga ishtirok etib kelmoqda. Shu bois Muborak jamoasi kecha raqibini ayab o'tirmadi. Har bir bo'limda ikkitadan gol va “Mashal”ning yirik g'alabasi!
Oq-tepa – Spartak 2:0.
Birinchi turning eng kech boshlangan o'yini 2:0 hisobida yakun topdi. Bir so'z bilan aytganda, “G'arb” mintaqasida ko'plab klublarni ochko yo'qotishiga majbur qila olgan “Spartak” kecha Toshkent jamoasi qarshisida ip esha olmadi. Vaholanki, tarkib borasida buxoroliklar mezbonlardan qolishmasdi. Lekin o'z maydoningda devorlar ham yordam beradi deganlaridek, “Oq-tepa” shu kuni o'z hisobiga uch ochko yozdirib qo'ydi.
Andijon – Orol 7:1.
Oliy liga chiqish uchun astoydil kurashayotgan “Andijon” ikkinchi bosqichni yirik g'alaba bilan boshladi. Garchi uchrashuvda birinchi hisobni Orol” futbolchilari ochgan bo'lsada, ular yakunda kiritgan bitta to'piga 7ta javob oldi (!). Birinchi bo'lim 1:1 hisobi bilan yakunlanganidan so'ng, hisobni o'zgartirish maqsadida “burgutlar” bosh murabbiyi Azamat Abduraimov yetakchilarni birinch ketin tushira boshladi. Bu esa o'z samarasini keltirdi va ikkinchi bo'limda “Andijon” raqib darvozasiga yana oltita to'p (!) kiritishga muvaffaq bo'ldi. Tarkibi asosan mahalliy yoshlardan tashkil topgan “Orol” endi payshanba kuni “Qo'qon-1912” mehmoni bo'ladi.
Qo'qon -1912 – Xorazm 1:2.
Oliy ligaga chiqishga davogarlardan biri sifatida nomi tilga olinayotgan “Qo'qon-1912” kecha o'z maydonida muxlislarini uyaltirib qo'ydi. Avvaliga hammasi qo'qonliklar uchun yaxshi ketayotgandi. Ammo ikkinchi bo'limda, dastlab penaltidan hisobni tenglashtirgan “Xorazm” futbolchilari keyinchalik yana raqib darvozasiga yo'l topa oldi. Va safardan uch ochko bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi. Darvoqe, qo'qonliklarning oliy liga chiqishi uchun asosiy raqiblaridan biri “Andijon” ekanligini inobatga olsak, PFL hakamlar departamenti bo'lim negadir kecha “Qo'qon-1912” – “Xorazm” bahsiga andijonlik hakamni tayinlagan!
Kosonsoy – Alanga 1:0.
Mehmonlarning safardan kamida bir ochko bilan qaytishi ham mumkin edi. Ammo so'nggi daqiqalar “Alanga”ga hiyonat qildi. Boisi uchrashuvning asosiy vaqtlarida durang qayd etildi. Ammo ikkinchi bo'lim to'xtalishlari uchun qo'shib berilgan so'nggi soniyalarida, aniqrog'i 90+2-daqiqada “Kosonsoy”ning yangi xaridi Maqsud Hayitov raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasining g'alabasini taminladi.
Chust-Paxtakor – Sherdor 4:2.
Ikkinchi bosqichni yangi murabbiy bilan boshlagan chustliklar kecha “Sherdor” bilan o'yinda g'alabani o'z tomonlariga og'dira olishdi. Birinchi bo'limning 7-daqiqasida hisobni ochishga erishgan mehmonlar esa g'alabani saqlab qola bilmadi.
33TA GOL. 8TA DUBL. 2TA PENALTI.
1-tur gollarga boy tarzda o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Boisi kecha bo'lib o'tgan 8ta o'yinda jami 33ta gol qayd etildi! Bu har bir uchrashuvga 4,125tadan gol demakdir. Mazkur turda eng ko'p golni “Andijon” kiritdi – 7ta! O'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa esa tabiiyki “burgutlar”ning kechagi raqibi “Orol” bo'ldi.
1-turda kiritilgan 33ta golning 16tasi birinchi bo'limda kiritildi. Ikkinchi taymda esa muxlislar yana 17ta golga guvoh bo'lishdi. Turning eng tezkor goli – mualliflari ikkita bo'ldi. “Mashal” hujumchisi Viktor Klishin va “Orol” a'zosi Islom Seytnazarov bahsning 5-daqiqasidayoq raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Turning eng so'nggi goli deb esa, “Kosonsoy” himoyachisi Maqsud Hayitovning 90+2-daqiqada kiritgan to'pini aytish mumkin.
Mazkur turda 8ta futbolchi dublga erishdi. E'tiborlisi ularning 4tasi ikkita o'yinda qayd etildi. Andijonda kechgan “Andijon” – “Orol” bahsida mezbonlarning ikki a'zosi Davron Tursunov bilan Alisher To'xtasinov o'z hisoblariga 2tadan gol yozdirib qo'yishga erishdi.
“Chust-Paxtakor” – “Sherdor” bahsida ham ikita futbolchi dublga erishdi. Mezbonlardan Akram Gullaboev va mehmonlardan Turg'un Qobilov raqib darvozasiga ikki bor yo'l topa olishdi.
“Oq-tepa”ning to'purar hujumchisi Maruf Ahmadjonov ham kechagi o'yinda jamoasining ikkala goliga ham o'zi mualliflik qildi.
“Istiqlol” a'zosi Jamoliddin Qo'chqorov ham bu turda ikkita gol urganlar qatorida bo'ldi.
Shuningdek “Zarafshon-NCZ” yangi a'zosi Abdurahmon Abdulhaqov ham “NBU-Osiyo” bilan kechgan o'yinda dublga erishdi. O'z o'rnida shuni aytib o'tish kerakki, ushbu futbolchi birinchi bosqich o'yinlarida “Paxtakor-2” tarkibida harakat qilgandi.
O'z vaqtida oliy ligada to'purarlik mahoratini namoyish etgan Viktor Klishinning bu yil birinchi ligada “Mashal” sharafini himoya qilayotganini muxlislar yaxshi bilsa kerak. Kecha “Paxtakor-2” bilan kechgan o'yinda Klishin birinchi bo'limning o'zidayoq raqib darvozasiga ikkita to'p kiritib, jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi.
Kechagi o'yinlarda hakamlar ikki bor penalti ko'rsatdi. Temur To'xtasinov (Andijon) “Qo'qon-1912” – “Xorazm” bahsida mezbonlar darvozasiga 11 metrlik to'pi belgiladi. Bundan urganchliklar sardori Mars Quranboev unumli foydalandi.
Yana bir penalti “Chust-Paxtakor” – “Sherdor” o'yinida kuzatildi. Bosh hakam Dilshod Karimov (Toshkent) mezbonlar foydasiga ikkinchi bo'limda penalti belgiladi va uni chustlik Eldor Normatov aniq amalga oshira oldi.
34TA SARIQ VA 1TA QIZIL KARTOCHKA
Yakuniga etgan 1-turda adolat posbonlari futbolchilarga jami 34ta sariq va 1ta qizil kartochka ko'rsatishgan. Bu har bir o'yinga 4,25tadan sariq kartochka demakdir! Sariqlarning 11tasi mezbonlarga, qolgan 23tasi esa mehmon jamoa futbolchilariga ko'rsatilgan!
Birinchi bo'limda 13ta sariq kartochka kuzatildi. Ikkinchi bo'limda esa ogohlantirishlar soni 21ta bo'ldi!
Eng ko'p sariq kartochka “Andijon” – “Orol” bahsida kuzatildi. Uchrashuv bosh hakami Shuhrat Bozorov (Namangan) shu kuni mezbonlardan 4ta futbolchiga, mezbonlarning esa 2ta futbolchisini sariq kartochka bilan siyladi.
Garchi “NBU-Osiyo” va “Paxtakor-2” ushbu turda bir xil yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, ushbu jamoa futbolchilari hech qanday kartochka olmay, boshqalarga intizomli o'ynash borasida namuna bo'ldi!
Mazkur turda qayd etilgan yagona qizil kartochka “Qo'qon-1912” – “Xorazm” bahsida kuzatildi. Uchrashuv bosh hakami Temur To'xtasinov shu kuni mezbonlar himoyachisi Aziz Madalievning 54-daqiqadagi harakatlarini to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka loyiq deb hisobladi. Bu esa mezbonlarga yakunda qimmatga tushdi.
8TA O'YINDA JAMI 8081 TOMOSHABIN!
Futbolimizdagi og'riqli muammolardan biri bu – muxlislarning stadionlarga tashrifi keskin tarzda qisqarib ketayotganidir. Tan olish kerak, bugungi kunda xattoki oliy liga o'yinlariga ham tomoshabinlar mehri u qadar yuqori emas. Birinchi ligada ham bu boradagi xolatni ijobiy deyish qiyin. So'zimizning isboti tariqasida kecha bo'lib o'tgan o'yinlardan kelib chiqib ham aytish mumkin.
1-turda bo'lib o'tgan uchrashuvlarning qaydnomasiga e'tiborar qaratar ekanmiz, unda birinchi ligaga bo'lgan qiziqish deyarli yo'q ekanligini anglab etdik. Futbol avvalo muxlislar uchun deyiladi odatda. Lekin buning qanchalik amalga oshirilayotganini barchamiz ko'rmoqdamiz. Chempionat boshida PFLdan boshqa stadionga ruxsat olgan jamoa mavsumning o'rtasiga kelib, boshqa bir o'yingohda uy uchrashuvlarini o'tkazib kelayotganini qanday tushunish mumkin?! Ochig'i bunga odam o'rganib ketdi.
Xullas, kecha bo'lib o'tgan 8ta o'yinda jami 8081 tomoshabin tashrif buyurganligi qayd etilgan! Bu har bir o'yinga o'rtacha miqdorda, 1010,125tadan muxlis degandir! Muxlislar tashrifi oshirib yozilayotganini ham inkor etib bo'lmaydi. Shuning uchun bunga hech kim aniq kafolao bermaydi. 1-turda yirik hisobda g'alaba qozongan “Andijon”ning o'yiniga kecha 926ta tomoshabin kirganligi o'yin qaydnomasiga yozilgan. Birinchi bosqichda muxlis yig'ish borasida boshqalarga o'rnak bo'lgan jamoaning balki boshqa stdionda o'ynagani uchun ham shunday yozilgan bo'lsa kerak. Sababi oldin xabar berib o'tganimizdek, “Andijon”ning uy stadioni bo'lmish “Sog'lom avlod” o'yingohida mustaqillik bayrami o'tkazilishi munosabati bilan ayni paytda u yerda bayramga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu bois jamoa ikkinchi bosqichdagi dastlabki ikkita o'yinini Sho'rbuloq dahasidagi Ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internatidagi sun'iy qoplamali stadionda o'tkazadigan bo'ldi. U yerda tribunadagi o'rindiqlar ko'p emasligini aytib o'tish kerak.
Muxlislarda katta qiziqish uyg'otgan o'yin deb “Qo'qon-1912” – “Xorazm” bahsini aytish mumkin. Sababi Qo'qonda kechgan o'yinda 3532ta tomoshabin qadam ranjida qilganligi ma'lum bo'ldi. Bu boshqalarga nisbatan eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi.
Eng kam muxlis yana Toshkent jamoalarining uy bahslarida kuzatildi. Aniqrog'i, “NBU-Osiyo” va “Paxtakor-2”ning uy o'yinlariga 67tadan muxlis kirgani uchrashuv qaydnomasida yozilgan!
Muxlislar tashrifi kimda qanday?
Istiqlol – Registon 4:1. Toshkent. 107 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Zarafshon-PFK 0:4. Toshkent. 67 tomoshabin.
Paxtakor-2 – Mashal 0:4. Toshkent. 67 tomoshabin.
Oqtepa – Spartak 2:0. Toshkent. 167 tomoshabin.
Andijon – Orol 7:1. Andijon. 926 tomoshabin.
Qo'qon -1912 – Xorazm 1:2. Qo'qon. 3532 tomoshabin.
Kosonsoy – Alanga 1:0. Kosonsoy. 1112 tomoshabin
Chust-Paxtakor – Sherdor 4:2. Chust. 2103 tomoshabin.
KEYINGI TURDA UCHRASHADILAR
2-tur. 15 avgust (payshanba)
Istiqlol - Zarafshon-NCZ
NBU-Osiyo - Registon
Paxtakor-2 - Spartak
Oqtepa - Mashal
Andijon - Xorazm
Qo'qon-1912 - Orol
Kosonsoy - Sherdor
Chust-Paxtakor - Alanga
Islombek Rustambekov tayyorladi.