Beyl: "Oltin to'p"ni yuta olaman, ammo Primero va Chempionlar ligasi undan muhimroq"

Aslanov Jasurbek
23 noya 2015, 16:10
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olishiga ishonadi.

"Oltin to'p"? Uni qo'lga kirita olaman, chunki o'z hislatlarimni yaxshi bilaman, ammo bu mening asosiy maqsadim emas. Men uchun shaxsiy sovrinlar asosiysi emas. Undan ko'ra, Chempionlar ligasini va Primeroda chempion bo'lish muhimroq. APLda yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lganimda, oldimga bu maqsadni qo'ymagan edim, xatto bu haqida o'ylamaganman ham" - deydi Beyl.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Mirror