Bernardu Silva – PSJ asosiy maqsadi

Sherzod Nurmatov
9 may 2023, 15:51
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Le10Sport" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli portugaliyalik futbolchiga PSJ da'vogarlik qilyapti. Futbolchi Parij klubining kelasi mavsumda jamoani qayta qurish maqsadlari ro'yxatida birinchi o'rinni egallab turibdi.

Silva joriy mavsum 49 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le10Sport