Benzema narkotik savdolariga bog'liq ishda ayblanmoqda

Aslanov Jasurbek
18 mar 2016, 12:52
"Real" hujumchisi Karim Benzema jamoatchilik diqqat e'tibori markazida qolishda davom etyapti.

Fransiyalik futbolchi mashinasida tezlikni oshirgani tufayli sudga chaqirilgan edi, bundan tashqari u "Lion" yarim himoyachisi Matyo Valbuenaga nisbatan tovlamachilik ishida ham gumonlanuvchi bo'lib turibdi. Shu kunlarda u narkotik savdosiga bog'liq pul yuvishda ayblanyapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, tekshiruv ishlari 2015 yilning sentyabr oyida boshlangan, Benzema esa bu nayranglarda katta mablag' yo'qotgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liberacion