"Bavariya" "Shalke" darvozaboni bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
22 dek 2019, 21:15
"Bavariya" "Shalke" darvozaboni Aleksandr Nyubel bilan kelishib oldi.

"Bild" xabariga ko'ra, Myunxen klubi posbon bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. Oldinroq "Shalke" matbuot xizmati darvozabon ushbu mavsumdan keyin jamoani erkin agent sifatida tark etishini rasman ma'lum qilgandi.

Nyubel avvaliga "Bavariya"da Manuel Noyerning o'rinbosari, keyinchalik asosiy darvozabon bo'ladi.

23 yoshli Nyubel 2015 yilda "Shalke"ga ko'chib o'tgandi. Shu vaqdan buyon u jamoasi tarkibida 41 o'yinda 52 gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild