"Bavariya" Gyotceni 40 mln. evroga sotishga umid qilyapti

Aslanov Jasurbek
27 may 2016, 12:27
"Bavariya" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Mario Gyotceni sotishga urinyapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis grandi Germaniya terma jamoasi futbolchisidan 40 mln. evro ishlab olmoqchi. Gyotcening o'zi bir necha kun oldin "Bavariya"da qolishini e'lon qilgan edi.

Oldinroq "Bavariya"ning bo'lajak bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Gyotcega yangi klub qidirishi kerakligi haqida maslahat bergani OAVda e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild