

Ukraina terma jamoasi hamda "Dinamo Kiev" futbolchisi Andrey Yarmolenkoning xizmatlariga qiziqmoqda, deya xabar bermoqda Komanda #1.
"Bavariya" Yarmolenkoni yaqindagina transferga qo'yilgan Duglas Kostaga zaxira sifatida qaramoqda.
Yarmolenko o'tgan mavsumda Ukraina chempionatida 15ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Andrey Yarmolenkoning "Dinamo Kiev" bilan shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 19 million evro deya baholanmoqda.



