"Bavariya" Duglas Kostaning o'rniga futbolchi topdi

19 iyun 2017, 11:27
Myunxenning "Bavariya" klubi yaqin orada yana bir transferga qo'l urishi mumkin.


Ukraina terma jamoasi hamda "Dinamo Kiev" futbolchisi Andrey Yarmolenkoning xizmatlariga qiziqmoqda, deya xabar bermoqda Komanda #1.

"Bavariya" Yarmolenkoni yaqindagina transferga qo'yilgan Duglas Kostaga zaxira sifatida qaramoqda.

Yarmolenko o'tgan mavsumda Ukraina chempionatida 15ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Andrey Yarmolenkoning "Dinamo Kiev" bilan shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 19 million evro deya baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia