Bavariya – SSKA. Uchrashuvni Janluka Rokki boshqaradi

Narzulla Saydullayev
16 sen 2013, 08:16
Chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan Bavariya va SSKA o'rtasidagi o'yinni Janluka Rokki boshchiligidagi italiyalik hakamlar boshqarib borishadi.
Qanotlarda Janluka Kariolato va shveytsariyalik Sandro Pocci harakat qilishadi, darvozalar ortida Luka Banti hamda Antonio Damato ishlashadi, zaxira hakami – Rikkardo Di Fiore.

Eslatib o'tamiz, Bavariya – SSKA uchrashuvi 17 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.45 da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru