

Kataloniyaliklar Portu darvozaboni Diogu Koshta bilan shartnoma tuzishni reja qilgan.
Futbolchi uchun kurashda ispaniyaliklar Manchester Sitini yutishlari lozim bo'ladi. Shaharliklar ham yozda aynan shu darvozabon bilan shartnoma tuzishni maqsad qilgan.
25 yoshli Koshta Portu tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 7 ta uchrashuvda gol o'tkazmadi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi esa 45 million evroga baholanmoqda.




