"Barselona"ni endi Messi tark etadimi? "Manchester Siti" uning otasi bilan muzokaralar olib bordi

Tolibjon Qosimov
24 avg 2017, 11:18
"Manchester Siti" klubi "Barselona" yetakchisi Lionel Messining transferi ustida ishlamoqda.

"A Bola" nashrining ma'lum qilishicha, futbolchining otasi Xorxe Messi "shaharliklar" sport direktori Chiki Begiristayn bilan uchrashgan. Muzokara davomida tomonlar argentinalikning o'tishini muhokama qilishgan. Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi bir yildan keyin nihoyasiga etadi.

Messining shartnomadagi tovon puli 300 million evroni tashkil etadi. Oldinroq, hujumchi "Barselona"dan ketish haqida o'ylayotgani xabar qilingan edi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: A Bola